Mahsulotni nasiyaga boshqalarga olib berish
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Allohim umrlaringizni ziyoda qilsin. Meni ba’zi savollar doim o‘ylanirib qiynab keladi. Men nasiya savdo (vikup) bilan shug‘ullanaman. Doimo odamlarga nima olib bersam ham avval mahsulotni 100%ga sotib olib keyin nasiyaga beraman. Lekin ba’zida pulim kam bo‘lsa uzog‘i 3 kunda berishga ko‘ndirib ozgina qarz bo‘lib qolib mahsulotni nasiyaga boshqalarga olib beraman. Shu ishim to‘g‘rimi? 2). Men mahsulotni nasiyaga bersam % da hisoblayman masalan 10.000lik mahsulotni olib bersam nasiya bo‘lganligi uchun bo‘lib to‘lashga ustiga 20%da, ya’ni 12.000 qilib qaytarasiz deyman. % hisoblashimni sababi aniq narx chiqsin deyman. Bu ishim ribo emasmi? Agar ribo bo‘lsa nasiyada qanday hisoblash yo‘li shariatimizga xos? Lekin nasiya muddati kechiksa o‘sha ustiga belgilangan %dan ko‘p pul talab qilmayman. Lekin hech kimga % evaziga qarz bermayman. Savollarim noo‘rin bo‘lsa uzur. Barchangizni Allohim Panohida Asrasin Amin...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Nasiyaga olib nasiyaga sotish joiz. 2). Foizini aytmasdan aniq narxini ayting. Ichingizda hisoblab olsangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Nasiyaga olib nasiyaga sotish joiz. 2). Foizini aytmasdan aniq narxini ayting. Ichingizda hisoblab olsangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat