Nafl, qazo, avvabin namozlarida zam sura qo‘shish

Assalomu alaykum! Namozni boshlaganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q, lekin hozir Allohga shukr besh vaqt namoz o‘qiyabman. Savolim shuki shomdan keyingi avvabin namozida, nafl va qazo namozlarida zam sura o‘qiladimi? 2. Inson xarom ishlar ya’ni aroq ichayotganida, qimor o‘ynayotganida va zino qilayotganida iymoni tark etadi toki shu xarom ishlarni bas qilmagunicha deb o‘qidim. Savolim shuki meni bir do‘stim ko‘p miqdorda aroq ichib mast holatda avtoxalokat natijasida voqea joyida vafot etdi. Namozlarimda o‘zim qatori shu do‘stim uchun ham mag‘firat so‘rasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘qiladi.
2). Mag‘firat so‘rasangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar