Al-fiqh al-akbar kitobidan
Assalomu alaykum! Imomi A’zam abu Hanifaning "Al-fiqh al-akbar" kitobidan bir savol bermoqchi edim: "Insonga tavhid ilmining daqiq joylaridan biror narsa tushunarsiz bo‘lib qolsa, toki biror olimni topib undan shu borada so‘rab olmagunicha unga o‘sha zahoti Alloh taoloning huzurida to‘g‘ri bo‘lganga e’tiqod qilish lozim bo‘ladi. Bu narsani talab qilishni ortga surish unga to‘g‘ri kelmaydi va bu borada to‘xtab turish uzrli hisoblanmaydi. Agar (qasddan) to‘xtab tursa, kofir bo‘ladi." Shu erda kelgan jumlalarni sharhlab bersangiz. Aynan nimani tushunmaslikni nazarda tutgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatda iymon keltirishi shart bo‘lgan bir necha e’tiqodiy masalalar bor. Masalan bir kishiga qabrda savol javob bo‘ladi desa, eshitgan odam o‘sha zahoti men Allohning nazdida nima to‘g‘ri bo‘lsa shunga iymon keltirdim deb aytishi, so‘ng u borada kelgan musulmon kishi qanday e’tiqod qilishi kerak bo‘lgan narsalarni o‘rganishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 17:56 | Savol-javoblar | 161 | Aqiyda