Boshka Dindagi Qizga Uylanish haqida

Assalom alaykum Shayx Hazratlari!Men ismim Azizbek. Toshkentdan bolib yoshim 26da. Uylanmaganman. Asli Toshkentlik bolib,hozir AQShda ikki yildan beri yashayman. AQShda ishlayman. Ota onam Toshkentda turishadi. Hozirda Sizga bir masala boyicha murojaat qilmoqdaman, bu juuda mushkul va mening hayotimda juda muhim masala hisoblanadi. Ukrainalik yoshi 20 da bolgan kizbilan yarim yildan beri tanishman, uchrashib kelaman. Hozirda ikkimizning oldimizda shunday bir vaziyat borki, bu boyicha aniq qaror qabul qilishim kearak.U qiz meni hurmat kiladi, bir birimizni sevamiz. U kiz birinchi marta menga uylanishni taklif qilganda, menga kulgili tuyilgan edi, u kiz bu turmush kurishhaqida juda ham jiddiy oylaganini bilmagan edim. Oradan bir oz vaqt otib u kiz masalani yana kotardi, men unga rad javobini bermadim, lekin sekin astalik bilan oz madaniyatimiz, hayot tarzimiz, ota ona va vatan haqida va eng asosiysi bizni umuman boshka boshka dinda ekanligimiz (Men musulmon, u kiz Hristian baptist ekanligi) haqida aytdim. Oradan oz vaqt otar otmas u kiz men aytgan narsalarni juda ham shiddat bilan, kunt bilan bajara boshladi. Yani urf odatlar, ozbek tilini organishga kirishdi va ohirgi shatim islom dinini kabul kilishga tayyorligini aytdi. Lekin afsuski, meni ota onam bu narsaga karshi chikishmokda. Va ikkinchi sabab, Men AQSHdaman, Amerikada hech kanday hukuksiz visa boyicha yashayman, u kiz ham. Men hozirda AQSHning Green ’ARd, yani AQSHda yashash va ishlash huquqini beruvchi statusga harakat kilmokdaman, agarda ola olmasam, U holda kiz MEn bilan Toshkentga borib yashashga va Men esa Ukrainaga borib yashashga aqlim etmaydi. Shu masala yuzasidan meni boshim qotdi, bu tarafda kiz meni yaxshi korib kolganga oxshaydi, barcha shartlarimga rozi, hatto islom dinini kabul kiladi.Ikkinchi tarafdan ota onam karshiligi va kelajakdagi yashash joyini noanikligi dir. Sizdan ilstimo bu mening vziyatim boyicha aniq javoblarni bersangiz. Sizdan Alloh rozi bolsin. hurmat va ehtirom bilanAZIZBEKAQSHdan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariatga xilof ish kilish doimo shunga o‘xshash musiybatlar va noxushliklarga olib boradi. Agar shariatga amal kilib nomaxram kiz bilan aloka kilmaganingizda bu xolga tushmas edingiz. Bundan keyin ushbu xakikatni xech unitmang!Bu masalaga ikki tarafdan yondoshiladi. Shariat bo‘yicha siz u kizga uylanishingiz mumkin. Ammo, kelajak xayot va yakinlar bilan, xususan ota-ona ila bo‘ladigan alokalar xakida juda puxta o‘ylashingiz kerak bo‘ladi. Shuningdek, bolalar masalasi va boshkalar. Agar mazkur xolat va shaxslarni birdek ko‘ngilli xolda xal etsangiz o‘zingiz uchun juda xam yaxshi bo‘ladi.

30 Aprel 2022, 01:07 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar