Farzandlarim ho‘jami?

Assalomu alaykum! Ma’lumki xalqimizda, insonlarni, eshon, xo‘ja, to‘ra va shu kabi boshqa nomlar bilan atashadi. Men oddiy insonman va xo‘jalarning (oqsuyaklarning) qiziga uylanganman. Mening farzandlarim xam xo‘ja xisoblanadilarmi va ularga xam zakot, fitr, ushr va shunga o‘xshash boshqa sadaqalar harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular ho‘ja hisoblanmaydi. Shariatimizda nasab otadan olinadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar