Ayoliga sabr qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar er xotiniga Alloh buyurgan ibodatlarni bajarishni tushuntirsa, targ‘ib qilsa, avratini berkitib yurishga buyursa, biroq xotin har hil bahonalar bilan aytganlarini ortga sursa, avratini to‘liq berkitmasa, oilada tortishuv bo‘lganda erga gap qaytarsa, betgachoparlik qilsa, bunday xotin bilan yashashda davom etish joizmi? Yoki bunday holatda taloq bergan afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar o‘rtada bolalar bo‘lsa targ‘ib qilishda bardavom bo‘lishi kerak. Aslida xotinni to‘g‘ri yo‘lga boshlashning kaliti oilada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollariga qilgan sunnatlarini joriy qilishdir. Ayol kishining tabiatida qaysarlik degan narsa bor. Bir eshikdan kirmoqchi bo‘lsangiz qaysarilik qilsa uni ochishga urinmang. Boshqa tomondan harakat qiling. Ayolingizni soliha ayollar huzuriga olib boring. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush