Uzrli ayol Bismillahni aytib yurishi

Assalomu alaykum! "Bismillahir rohmanir rohiym" jumlasi ba’zi olimlar tomonidan oyat deb hisoblangani uchun ayollar hayzli vaqtlarida bu jumlani zikr qilmasliklari kerakmi, ya’ni bu vaqtda faqat "bismillah" deyishlik joiz deb eshitdim. Tilim bu jumlaga juda o‘rgangan, ko‘pincha uy ishlarini doim shu so‘zlar bilan boshlayman. Shuning uchun buni bilishni juda xohladim. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hoizaning tilovat niyat qilmasdan aytishi joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar