Erkak ustunligi

Assalomu alaykum! Sovolim noto‘g‘ri bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. Nimaga erkak birinchi yaratilgan, nimaga payg‘ambaralar ham erkaklardan chiqqan, jannatda ham erkaklarga 40 ta hurlar va’da qilingan, erkaklar hohlagan shaharlariga hech kimdan so‘rami dam olishlaga ketvurishadi, bu Allohni xohishimi yo bulaga qanaqadur dalillar bormi? Ayollani hurmati shunchali pastmi? Hamma narsada erkela ustun, ayolla boshqa shahar tugur uyiga er, qaynota qaynonadan javob tegsa zo‘rg‘a boradi. O‘zi aylanib ayolini uyda bola boqib qamab qo‘yishiga erkega gunoh bomi? Javob uchun oldindan rahmat iltimos sovolimga aniqlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni savolingiz erkak bilan ayol yaratilishida bir biridan farq qilib yaratilganligi muhim rol o‘ynashini bilmaganlikdan, shariat ayollarga qanchalar sharaf berganini bilmaganlikdan, siz turgan jamiyatda er ayolni huquqlarini poymol qilayotganligini ko‘rayotganingizdan, ayol shariat bergan huquqlarini bilmaganligidan, ayolga haqiqiy sharaf nima ekanligini ajratolmaganlikdan va eng asosiysi o‘limdan keyin abadiy hayot borligi e’tibordan chetda qolayotganidandir. 1-dan Alloh taolo hikmat bilan ayolni erkakdan aql borasida ham jismoniy quvvat borasida ham nozik qilib yaratdi. Buning sababi ikki bir biri bilan har jihatdan teng bo‘lgan shaxs biri boshqasiga itoat qilmaydi. Har kim o‘z ustunligiga erishishga harakat qiladi. Tabiyki bunday holatda ikkisining bir joyda turishi, bir biridan to‘g‘ri foydalana olishi mumkin emas yoki o‘ta samarasiz bo‘ladi. Erkak sharafli bo‘lishi uchun kuchli, himoyalovchi, ta’minlay oluvchi  va boshqaruvchi bo‘lishligi kerak. Ayol esa sharafli bo‘lishi uchun nima maqsadda yaratilgan bo‘lsa o‘sha ishlarni a’lo darajada bajarib qo‘yishi kerak. Farzand ko‘rish, uni tarbiyalash, erni nojoiz aloqalardan saqlab qolish va eng yaqin bo‘lgan turmush o‘rtog‘i-farzandlarini xizmatida bo‘lishi. Jamiyatga sog‘lom, pokiza tabiyatli, bilimdon va go‘zal xulqli insonlarni etishtirib berish. Evaziga esa Imom Ahmad Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Agar qaysi bir ayol besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy ro‘zasini tutsa, farjini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga: «Jannatning qaysi eshigidan xohlasang, kiraver», deyiladi», – degan maqomga erishishdir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar