Kargo haqqi

Assalomu alaykum! Biz telegram guruh orqalik turkiyadan zakazga kiyim keche olib kelib sotamiz. Xamma rasxodlarni o‘z yonimizdan to‘lab mijozga qo‘liga borganda xisob qilamiz. Yani bir kiyimni 20$ ga osak uni guruxga 25$+ kargo deb yoziladi. Kargoni narxi esa xamma kargoda xar xil ekan 4$ dan 7$ gacha bir kilogramiga. Savolim shu kargo kg narxini 5$ bo‘sa mijozga 6.5$ dan olishimiz joyizmi? Chunki kargo bizga etib kelganda uni olchab gram giramigacha to‘g‘ri chiqazishkayam qiynalmoqdamiz va yana boshqa mayda-chuyda rasxodlarxam chiqib turibti. Shuni kg narxiga qo‘shib etsak bo‘ladimi? Ya’ni mijozga 5$ dan urgan kargoyimizni 6.5$ dan qo‘shimcha xizmatlari bilan deb etilsa to‘ri bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘liga topshirayotgan paytingizda shuncha narxga sotamiz desangiz u qabul qilsa bo‘ldi. Undan avvalgilarining hammasi savdo emas va’dalashuv bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 201 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar