Munofiq sifati haqida

Assalomu alaykum! Masjidda munofiqlik to‘g‘risida ma’ruza bo‘layotgan edi. Domla juda ham ilmlik, qo‘lidagi arab tilida yozilgan kitobni bizga o‘zbekcha yozilgandek o‘qib ma’ruza qilayotgandi. Domla kitobdan o‘qib aytdi: "Ulamolar munofiqlik to‘g‘risida shunday deydi: hoziirgi zamonda munofiq inson deyarli yo‘q. Odamlarda munofiqning bazi fellari mavjud. Haqiqiy munofiqlar Rasululloh s.a.v ning davrlarida bo‘lgan. Ular bir qarasang musulmon, mushriklardan naf ko‘proq bo‘lsa mushrik bo‘lganlar. Dinni foyda ziyonga qarab almashtiravergan ekan" dedilar. Bu malumot qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Munofiqlik ikki qismga bo‘linadi. E’tiqodiy va amaliy. O‘zi asli mushrik bo‘laturib musulmon rolini o‘ynayotganlar e’tiqodiy munofiq hisoblanadi. O‘zini musulmonman deb mushrik va kofirlar amallarini qilayotganlar esa amaliy munofiq hisoblanadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 132 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar