Ishchi ustidan foiz olish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men pul topish maqsadida Rossiyaga ishlagani borib turaman. Men ishlayotgan shaxarda shunday insonlar ko‘payib ketdiki, ular bizlar uchun bir katta ish topadida va o‘zi bu ishni narxini kelishadi. Biz o‘sha ishni bajarib bo‘lganimizdan keyin kelishilgan pulni oladi va ish topgani uchun o‘ziga 20% chiqarib oladi. Bu olgan puli xalolmi yoki foiz olgani uchun biz xam sudxo‘r bo‘lib qolmaymizmi? Ish yo‘q paytida ularda doimo ish bo‘ladi noiloj biz xammasiga ko‘nib ishlaymiz. Biz qanday yo‘l tutaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shuning uchun avvaldan kelishib olinglar. Sizlarga ish topganligi uchun haq olishga haqqi bor. Bu dallollikka kiradi. Dallollik uchun kelishilgan haqni olishi mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar