Erni ayoliga pul berishi

Assalomu alaykum! Men va turmush o‘rtog‘im qaynona qaynotam bilan birga yashaymiz ro‘zg‘orimiz bitta lekin mening bazi bir kerakli moddiy ehtiyojlarimni qaynonamga aytsam olib bermaydi turmusho‘rtog‘im olib beraman desa ham qarshilik bildiradi shu sababli turmusho‘rtog‘im o‘zi ishlab topgan pulidan uydagilarga bildirmasdan ehtiyojimni keraklisinigina olib beradilar bu narsa haqida hechkimga bildirmay qo‘yaqolamiz bu ishimiz to‘g‘rimi. 2 uzoq muddat kutgan kunimiz yani men homlador bo‘lganimni eshitib turmush o‘rtog‘im uydagilarga bildirmasdan menga suyunchi qilib pul berdilar va hohlagan ishing uchun sarif et dedilar men bu pulga onam uchun Qur’on kitobini olib sovg‘a qildim bu ishim ham to‘g‘rimi yo men katta hatoga yo‘l qo‘ydimmi.3 homlador bo‘l ganim uchun bazi bir narsalarni egim kelar edi lekin uydagilar olib berishmasdi va turmush o‘rtog‘im ishidan 2 oyda bir 3 .4 kunga kelib yana qaytib ketar edi shu vaqtda men egim kelgan narsani olib berib ketar edi uydagilar rosa egim kelib eeyotganimda shuni eging keldimi g‘alatiyu yoki ko‘p ebbo‘lyaydi zarar bo‘ladi yaxshi emas ekan degan gaplarni aytishardi shu sababli bildirmasdan yashirib erdim bu ham to‘g‘ri ish emasmi. 4 umuman erkak kishi ozi ishlab topgan pulidan ayoli yoki farzandlariga sarf qilganini ota onasiga aytish kerakmi. yoki aytmasa ham bo‘la veradimi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik darajada qilib yuborish to‘g‘ri emas. Erning zimmasiga ayolining nafaqasi vojib. Ayoliga berilgan nafaqa pullarini ayoli o‘zi xohlagan joyiga ishlatishga haqqi bor. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:47 | Savol-javoblar | 207 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar