Imom namozda farzandini qo‘liga ko‘tarib olishi
Assalomu alaykum! Boshqa davlatda boshqa mazxabdagi imom ortida jamoat namozini o‘qiymiz. Masjidda namoz o‘qayotganimizda mayda bolalar oyoq ostida o‘ralashib yuradi. Imomni farzandi uni oldiga borib qolsa u namoz ichida bolasini qo‘liga ko‘tarib olib yana bizga imomlik qilishda davom etaveradi. Bizni mazhabda bu amal namozimiz savobini kamaytirib yoki buzib qo‘ymaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buzmaydi ham kamaytirmaydi ham. عَنْ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَؤُمُّ النَّاسَ وَأُمَامَةُ بِنْتُ أَبِي الْعَاصِ وَهِيَ ابْنَةُ زَيْنَبَ بِنْتِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى عَاتِقِهِ، فَإِذَا رَكَعَ وَضَعَهَا وَإِذَا رَفَعَ مِنَ السُّجُودِ أَعَادَهَا. وَفِي رِوَايَةٍ: فَإِذَا سَجَدَ وَضَعَهَا وَإِذَا قَامَ حَمَلَهَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odamlarga imom bo‘lib, namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdim. Umoma binti Abu Oss – Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qizlari Zaynabning qizi elkalarida edi. Bas, ruko‘ qilsalar, uni erga qo‘yar va sajdadan tursalar, qaytarib olar edilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Sajda qilsalar, uni qo‘yar va tursalar, ko‘tarib olar edilar», deyilgan.
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘ta bolajon ekanliklari ma’lum va mashhur. U zotning Imom Hasan va Imom Husayn roziyallohu anhularni ko‘tarib olib namoz o‘qiganlari haqida rivoyatlar ko‘p.
Ushbu rivoyatda esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam katta qizlari Zaynab roziyallohu anho va kuyovlari Abu Ossning qizlari Umomani ko‘tarib olib, imomlik qilganlari haqida so‘z bormoqda.
Demak, yosh bolalarni ko‘tarib olish, ularni erga qo‘yish, yana qo‘lga olish bilan namoz buzilmaydi. Ushbu va shunga o‘xshash boshqa hadislar bunga dalil va hujjatdir. Chunki kichik bolalar ota-onalariga ko‘p osilishadi. Yana bu ishning yaxshi tomoni ham bor. Namozning ichida aralashib o‘sgan bolalar ibodatga mo¬yil bo‘lib o‘sadilar.
Bolalar va ularning kiyimlari pok bo‘lishi haqida hukm bor. Faqat najosat ochiq-oydin ko‘rinib turgan bo‘lsa, uni ketkazish kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 147 | Aqiyda