Ayol ishlasa baraka uchadimi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, man oldin savdo-sotiq ishlar qilib tirikchilik qilardim. Xozirgi vaqt ishlaganim yo‘v xo‘jayinim qo‘ymayapdilar. Aytishlaricha man ishlasam xo‘jayinimi barakasini uchirar ekanman. Shu savolni javobini ko‘rsatmoqchiman xo‘jayinimga. Ayol kishi er bilan qo‘shilishib pul topsa erni barakasi uchadimi? Bunga dinimiz qanaqa qaraydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday gap yo‘q. Shariatimizda ayol kishi o‘ziga munosib ish qilishi mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar