Ayollar umumiy dushi

Assalomu alaykum! Hozirda onam va qizim bilan birga sanatoriyada dam olyapmiz. Bu erda sirkulyatsion dush bor ekan, onamga ham, menga ham shifokor tavsiya qildi. U erda 4-5 tadan ayolni 10 daqiqadan kiritishar ekan. Men faqat qizimni olib kirdim, lekin o‘zim ham, onam ham uni qabul qilmadik. U erdagi ayollarning avratlari ochiq holda dush qabul qilisharkan. Onam hijobdalar. Ular va men avratlarimiz yopiq holda u erga kirsak bo‘ladimi? Avrati ochiq ayollarga qaramagan holda u dushda yursak bo‘ladimi? Yoki ko‘zimiz tushsa ham gunohkor bo‘lamizmi? (Dush oddiy emas, sirkulyatsion. Sauna sifatidagi issiq va zarb bilan chiqadigan dush. Qon aylanishini yaxshilab, immunitetni ko‘tarishda yordam berar ekan).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asosiysi siz ularni ular ham sizni avratingizni ko‘rmaslik. Buni uddasidan chiqasiz deb o‘ylaymiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 135 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar