Namozlar to‘g‘risida

Assalomu alaykum! 1). 3 kishi bo‘lsa jamoat bo‘lishligi aytilgan, ikki kishi bo‘lsayu biri ikkinchisiga iqtido qilsa jamoat hisoblanmasligi jamoat savobi berilmaydi degan tushunchada edim. Bir hadis o‘qidim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni o‘qib bo‘lib ashoblari bilan suhbat qilib o‘tirgan vaqtlarida bir kishi kelib namoz o‘qiy boshlaydi, shunda Rosululloh “qaysinggiz jamoatni savobini olishni xoxlasanggiz borib namozga qo‘shiling” degan ekanlar. Mening jamoat haqidagi tushuncham noto‘g‘rimi yoki bu hadis sahih emasmi?
2). Shom namozidan keyin o‘qilgan har bir namoz avvabiyn nomozidir degan hadis o‘qigandim, mayyitning haqqiga o‘qiladigan havl namozichi?
3). Shom namozidan keyin tuxfayi rosul deb nomlanuvchi namozni o‘qish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Hadis sahih. IKKI KIShI VA UNDAN ORTIG‘I JAMOATDIR عَنْ مَالِكِ بْنِ الْحُوَيْرِثِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا حَضَرَتِ الصَّلَاةُ فَأَذِّنَا وَأَقِيمَا، ثُمَّ لِيَؤُمَّكُمَا أَكْبَرُكُمَا Molik ibn Huvayris roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Namoz vaqti kirganda azon va iqoma aytinglar, so‘ng (ikkingizdan) kattarog‘ingiz imom bo‘lsin», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). 2). Mayyit uchun o‘qiladigan havl namozi xalqning og‘zaki iyjodi orqali to‘qilgan namozdir. Niyatni o‘zgartirish kerak. 3). Tuhfai rasul nomli namoz ham yo‘q. Mutloq naflni niyat qilib namoz o‘qib, savobini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlasa bo‘ladi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=16517.0

30 Aprel 2022, 06:03 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar