Maslahat bering

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men sizlarga savol yo‘llashdan maqsadim, men turmush qurganimga 4 yil bo‘ldi. Alloh bizga farzand ne’matini bermadi. Meni ba’zi tanishlarim “tumor qildirib taqib yuringlar siz va kelin” degan gapni aytishmoqda. Men shu xolatim bo‘yicha tumor taqishim joizmi? Agar joiz bo‘lsa qanday tumor taqishim kerak va uni kim tayyorlab beradi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tanishlaringiz noto‘g‘ri aytishibdi. Beruvchi Allohdir, beruvchining O‘zidan so‘rang. Boshqa narsani oraga qo‘shishni hech qanday hojati yo‘q. chunki boshqalar mutloq hech narsa qilolmaydi. Siz va ayolingiz shariat ruxsat bergan sabablarni qilinglar keyin tavakkulda barlam bo‘ling. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar