Namoz o‘qimay qo‘ydim

Assalomu alaykum! Men yoshim 18da. Men o‘tgan yil namoz o‘qishni boshladim. Keyin o‘qimay qo‘ydim(shaytonni gapiga kirib). Mana 2 oydan buyon namoz o‘qimoqchi bo‘lib erta turaman xali erta ekan deb uxlab qolaman. Yutubda xar xil videolarni ko‘raman, maruzalarni eshitaman. Do‘zox xaqida va jannat xaqida, namoz o‘qimagan kishilar ahvoli haqida, lekin shunda xam namoz o‘qiyolmayapman. Iltimos ustoz yordam bering iymonim mustaxkam emas.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz o‘qiy olmasangiz boradigan joyingiz tayin. Biz boshqa nima deylik? Insonga shunchalik tanlash imkoniyati berilgan. Namozni qoldirganlar jazosi uchun aytilgan oyat bor.  Oxiratning bir kuni bu dunyoning ming yiliga teng bo‘lishi haqida ham. فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ۝الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ۝4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki… 5. Ular namozlarini unutuvchilardir.Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi:وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ۝47. Sendan azobning tezroq kelishini so‘rarlar. Holbuki, Alloh va’dasiga zinhor xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 190 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar