Telefon ishlatsa endi taloq tushadimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolim shuki ayolimga jaxl ustida “telefon ishlatsang 3ta anashusan” deb baqirdim. Taloq so‘zini aytmadim, endi telefonini ishlatishga ruxsat bersam taloq tushib qolmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Roddul muhtor kitobida “Er xotiniga sen mendan uchtasan desa, ibn Fuzayl aytadki taloqni niyat qilgan bo‘lsa uch taloq tushadi. Shuningdek taloq berishni muzokarasi bo‘lib turgan vaqtda ham aytsa taloq tushadi” deyilgan. Siz ham ana shusan degan gapingiz bilan taloqni niyat qilgandek blib turibsiz. Telefonni ishlatishga ruxsat bersangiz ham bermasangiz ham ishlatsa taloq tushadi. Undan qutilish yo‘lini ilmli domlalardan so‘rang. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 06:52 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar