Namozni qasr qilib o‘qish haqida

Assalomu alaykum! Men qishloqdan 95-100 km uzoqlikdagi akamni uyiga tez-tez borib turaman. Avvallari u erda namozni to‘liq o‘qir edim, keyinchalik safar masofasi 86 km ekanligini eshitib, namozni qasr o‘qiy boshladim. Qidirish xizmatida bunga berilgan batafsil javobni ham o‘qidim. Ammo Hidoyat jurnalining 2019-yil 5-sonida safar masofasi 120 km deb yozilibdi. 1. Men 95 kmdagi shaharda endi namozlarni qanday o‘qiyman? 2. Musofir yurtda peshin namoziga masjidga borib qolsam va imomga iqtido qilsam ikkinchi rakaatdan keyin qanday yo‘l tutaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning kitoblarida 89km deb yozilgan. Hijolat bo‘lmang. Imom bilan to‘rt rak’at o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 177 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar