Safardagi namoz
Assalomu alaykum! 1. Safarga chiqilganda namoz qasr qilib uqilishini kitoblardan o‘qiganman 15kundan kam muddatni niyat qilib safarga chiqsamu boradigan joyim tayin bo‘lsa, ya’ni akamni yoki biror yaqin qarindoshimni uyiga borsam namozni farzini qisqartirmasdan va sunnatlarini ham tark etmasdan o‘qishim mumkinmi?
2). Biz safarga chiqdik, boradigan joyimiz 100 kmdan oshiqroq edi, yo‘lni taxminan 40-50 km masofasini bosib o‘tganimizdan so‘ng asr vaqti bo‘ldi. Sheriklarim namozni qasr qilib o‘qiymiz, chunki bir kunga borib kelsak ham safarni niyat qilganmiz deyishdi. Men namozni to‘liq o‘qidim, chunki bilishimcha 80kmdan bir oz oshgandan keyin musofirlik hukmiga o‘tadi. Savolim shuki bu erda men noto‘g‘ri qilmadimmi? Tumandan viloyat markaziga borilsa ham safar masofasi bosib o‘tilsa qasr o‘qiladimi? Savoldagi kamchiliklar uchun uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Safardagi engillik Alloh taoloning bandalariga bergan sadaqasidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Alloh taoloning sadaqasini qabul qilinglar” deganlar. Vallohu a’lam! 2). https://fiqh.uz/maqola/208
30 Aprel 2022, 00:14 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar