Homilani oldirish mumkinmi?
Assalomu alaykum! Birinchi farzandim shifokor tashxisiga ko‘ra ayolimda torch infektsiya bo‘lganligi sabab tug‘ilgandan so‘ng 1-2 kun yashab qazo qilgandi. Shifokor keyinchalik farzand ko‘rishdan oldin torch infektsiyaga davolanish shartligini, aks holda holat takrorlanishini ta’kidlagan edi. Hozirda 2 nafar farzandim bor. Ayolim ularga homilador bo‘lishidan oldin shifokor ko‘rigidan o‘tgan holda torch infektsiyaga qarshi davolangandi. Ikkinchi farzandim emizikli va yana ayolim 6-7 haftalik homiladorligini bildik. Savolim, bu homila torch infektsiyaga davolanmasdan bo‘ldi, avvalgi holat takrorlanishidan qo‘rqqanligim sababli bu homilani oldirish (abort qilish) mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni Allohdan qo‘rqadigan biror shifokor bilan maslahatlashing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:22 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni Allohdan qo‘rqadigan biror shifokor bilan maslahatlashing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:22 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush