10ta narsani olib ketilishi

Assalomu alaykum! Eshitishimcha qiyomatgacha Jabroil alayhissalom er yuzidan 10 ta  narsani olib chiqib ketarkan. Hozirda shulardan faqat bittasi erda qolganmish. Shu rostmi? Ular nimalar?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!
Bunday mazmundagi hadis sunnat kitoblarida kelmagan, uning asli ham, sanadi ham yo‘q. Musulmon kishi buni rivoyat qilishi yoki tarqatishi halol emas.Jabroil alayhissalom vahiyga muvakkal qilingan farishtadir. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan so‘ng vahiy uzilgan. Hadisdagi aytilgan fazilatli xulqlar erdan ko‘tarilish uchun Jabroil alayhissalomning tushishlari haqida biror ma’lumot yo‘q.Shuningdek, sahih hadislarda aytilganidek, ummatdan birinchi bo‘lib ko‘tariladigan narsa xushu’ va omonatdorlikdir, siz aytgan joyda aytilganidek, baraka emas. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 09:43 | Savol-javoblar | 132 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar