Nikoxda aytiladigan so‘zlar haqida

Assalomu alaykum! Rozilik so‘ralganda tan maxramlikka o‘tishga rozimisiz deb savol beriladi. Shunda juft xalol deb berish bilan farqi nima? Agar tan maxramlikka rozimisiz deb nikox o‘qilgan bo‘lsa qayta nikox shartmi? Javob uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nikoh bog‘lanishi uchun bir nechta so‘zlar bor. Omi xalqning ishi qiyin ekan, ba’zilar gapni chiroyli qilaman deb nikohda shart qilingan so‘zlarni ishlatmay nikoh bog‘landi deb o‘ylayverar ekan. Shuning uchun shak-shubha qolmaydigan jufti halollikka so‘zini qo‘shishni ta’kidlab o‘tamiz. Tan mahramlikka deb o‘qilgan bo‘lsa qayta nikox o‘qish shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:42 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar