Ruhlarga chiroq yoqish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ming bor uzr bidat to‘g‘risidagi savol javoblarni o‘qidim ammo iltimos savolimni befarq qoldirmasangiz. Oilamizdagi turli muammolar biz tez-tez o‘tganlar ruxiga atab chiroq yoqmasligimizdan ekanligini onamga aytishibdi, lekin bu ishni shirk deb bilar edik. Onam oldindan is chiroq va surpa olish kabi amallar bajarilganligini va bundan foyda topdim deganlar yo‘q emasligini aytmoqdalar va bolaliklarida hayit bayramida is chiroq yoqilsa o‘tganlarga boradi deya uqtirishganini aytdilar. Ularda ikkilanish paydo bo‘ldi va sizlardan bu haqda savol jo‘natishimni so‘radilar. Hurmatli ustozlar ajdodlarimiz bajargan bu is chiroq amallari qanchalik hato yoki bularga ergashish to‘g‘rimi? Noo‘rin bo‘lsa savolim ming bor uzr. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu shirkning ayni o‘zi hisoblanadi. Inson foyda ko‘rgan taqdirda ham bu kabi shirkka yaqinlashmaslik kerak. Aroq ichgan ham zino qilgan ham qalloblik yo‘li bilan birovlarni molini oluvchi ham maza qiladi va foyda topadi. Lekin oxiratdagi joyi do‘zax bo‘ladi. Shirk esa oxiratda ham kechirilmaydigan amal. U foyda abadiy do‘zaxni sotib olishga loyiq emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:44 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar