Shafoat so‘rash

Assalomu alaykum! Imom G‘azzoliyning til ofatlari kitoblarida «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qiyomatda shafoat qilsinlar» deb duo qilish to‘g‘ri emasligi aytilgan? Sabab: shafoat itoatsiz, do‘zaxga hukm qilinganlar uchun deyiladi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mutlaqo noto‘g‘ri. Bu imom G‘azzoliyning so‘zlari bo‘lishi ham mumkin emas. Kimdir kitobni bulg‘agan. Shuning uchun tarjimon ham olim bo‘lishi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoat qilishlari bir necha qismga bo‘linadi.
1-shafoati uzmo. Eng ulug‘ shafoat. Bu Odam alayhissalomdan qiyomat kunigacha keladigan odamlar uchun bo‘ladi.
2-jannat ahlini jannatga kirishlari uchun shafoat.
3-jannat ahlini darajasini yuqori bo‘lishi uchun shafoat.
4-Madina ahliga shafoat.
5-Abu Tolib kabi xos-xos kishilarga shafoat.
6-hisobsiz jannatga kirish uchun shafoat.
7- do‘zaxga haqli bo‘lganlarni do‘zaxdan olib qolish uchun shafoat.
8- do‘zaxga kirganlarni do‘zaxdan chiqishi uchun shafoat.
Bularning har biri sahih hadislar bilan sobit bo‘lgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 158 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar