Xijobdan chiqiladimi
Assalomu alaykum! 6 yildan beri turmush o‘rtog‘im bilan yashayman. Turmush o‘rtog‘im judayam ochiq-sochiq kiyingan qizlarni yaxshi ko‘radi va ko‘p o‘shanday qizlar bilan zino qilib qo‘yadi yoki shunchaki mashinasida o‘sha qizlarni “seni yaxshi ko‘raman” deb olib yuradi. Men ham o‘zimga judayam chiroyli qarayman, kunda yasanib ishdan kelishini kutib olaman, lekin uyda juda kam o‘tiradi. Ko‘proq ko‘chada. Shirin gapiraman, hamisha “nimaga bir aybim bormi? Ayting to‘g‘rilay. Faqat siz zino qilmang, xiyonat qilmang desam” “aybing yo‘q, hammasi zo‘r faqat menga shunaqa kiyingan qizlar yoqadi” dedi. Men o‘zim hijobda yuraman. Qiz bolaligimda hijobga kirganman. Hozirda bir qiz farzandimiz bor. Agar erimga o‘shnaqa qizlar yoqsa men hijobdan chiqib o‘shanday kiyinib yurishim kerakmi yoki talog‘imni so‘rab ajrashgani haqqim bormi? Erimga bu savolni bersam indamaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gunoh ham kasallikdir. Qanchalik uzoq davom etsa shunchalik surunkalikka aylanadi. Hozirda kelini, o‘z qizi va qo‘ni-qo‘shnilarining ayollariga osilayotgan chollar yoshligida davolanmasdan surunkalikka aylanganlardir. Siz echib ularga o‘xshaganingiz bilan ham bu ish to‘xtamaydi. Gunohkor va sharmanda bo‘lganingiz qoladi xolos. Eringiz haqqida tinimsiz duolar qiling. Aslo gunohga qo‘l urmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush