Singillar

Assalamu alaykum! Singillar haqida so‘ramoqchi edim. Misol uchun meni singlim ham, opam ham yo‘q. Lekin qarindosh singillarim ko‘p. Avvallari uncha ilmim kam bo‘lgan vaqtlardayam har doim "yopiq kiyin","ko‘chada yurma","telefon ishlatma, bollar bilan gaplashma" va hokazo gaplar gapirib keganman. Oldinlari meni qattiq hurmat qilib, gapimni ikki qilishmasdi, hozir esa umuman odam qilomayapan. Ming so‘ksam ham hattoki ursam ham yaxshi tomon o‘rniga yomon tomonga ketayapti. To‘g‘ri urishga haqqim yo‘q, lekin to‘ylarga chiqib olib, likillab o‘ynaganini ko‘rsam chidab tura olmayman. Ota-onasi ham “sening ishing bo‘lmasin, bu bizning qizimiz, o‘ynab-kulib yursin” deyishadi. Savolim shuki: men ularga javobgarmanmi? Ota-onasi va o‘zlariga shuncha yillardan beri tushuntirsam ham foyda yo‘q. Hozir men ulardan voz kechsam javobgar bo‘lmaymanmi? To‘g‘risi, shu zamonda shunaqa singillar bizni dayus bo‘lib qolishimzga sabab bo‘layapti.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularga chiroyli yo‘l bilan nasihat qilishda davom eting. Nasihat qiluvchida ikki narsa topilishi kerak. Shunda nasihat ta’sirli bo‘ladi. Birinchisi, haq gapni aytish, ikkinchisi etkazishda niyatni to‘g‘ri qilish. Shunda ham sizni gapingizni olishmasa, javobgar bo‘lmaysiz.
Alloh taolo “Toha” surasi 132-oyatida marhamat qiladi :
 وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلَاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا لَا نَسْأَلُكَ رِزْقًا نَّحْنُ نَرْزُقُكَ وَالْعَاقِبَةُ لِلتَّقْوَى۝
Ahlingni namozga amr et va o‘zing unga sabr qil. Sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat esa taqvonikidir.
Musulmonning birinchi burchi ahlini, oilasini musulmon qilishdir. Bu ishda namoz muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ahlingni, oila a’zolaringni namoz o‘qishga buyur. O‘zing ham sabr ila namozda bardavom bo‘l va ahlingni namozga undashda davom et.
Alloh sendan boshqa narsani so‘ramaydi.
«Sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq beramiz».
O‘sha bergan rizqimizga shukr qilib, namoz o‘qi va namozga buyur.
«Oqibat esa taqvonikidir».
Yaxshi oqibatga sazovor bo‘lish taqvoga bog‘liqdir.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:38 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar