Tarovex

Assalomu alaykum! Tarovehda yani xatm Qur’on o‘qilayotganda masjid ichida birinchi safda edim. 4 tasbeh tugab, 5 ga o‘tildi. Shunda meni burnim qonab ketdi qon gilamga tushmasin deb qo‘limga artdim 2 marta va qon to‘xtadi. 2 rak’at tugadi men chiqaman desam orqadagilar oxirgi rak’atga niyat qilib quloq qoqishdi men chiqolmay qoldim va nima qilishni bilmay men ham niyat qilib davom etdim. Men bu holatni bir kishiga aytsam chiqa olmagan bo‘lsangiz davom etmay o‘tirib olish kerak edi dedi va tahoratsiz namoz o‘kilmaydi. Shuni bila turib o‘qigan odam dindan chiqadi dedi. Men tahoratsiz namoz o‘qib boo‘lmasligini bilardim. Men masjitdda nima qilishni bilmay ikkilanib o‘qivordim. Keyin men vitr namozini qazosini o‘qidim, qolganlari nima bo‘ladi? Agar o‘sha holatda chiqib ketish kerak bo‘lsa qanday chiqib ketiladi? Men nima qilay endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Chiqishga imkon bo‘lmasa o‘tirib olganingiz yaxshi edi. Qasddan qilmaganingiz uchun sizni dindan chiqdi deyilmaydi. O‘qiyotganingizda buzilgan 2 rak’atni qazo deb o‘qib qo‘yasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:57 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar