Bu chaqimchilk emasmi?
Assalomu aleykum Ustoz!!!Ustoz, maning bir do‘stim bor. Uni Alloh uchun yaxshi ko‘raman. Lekin uning bir ukasi bor. Oldin namoz ham o‘qir edi. Afsus, bazi bir sabablarga ko‘ra pulga, qizlarga, nafsoniy ishlarga giriftor bo‘lib qoldi. Qancha tushuntirmaylik baribir o‘zini aytganini qilaveradi. Biz 3 lamiz bir honodonda ijaraga turganligimiz uchun ko‘p narsadan habarim bor. U bola akasi-do‘stimdan doim turli bahonalar bilan pul oladi. Vaholanki, do‘stimning daromadi juda ham ko‘p emas. Ukasi ko‘pchilikdan qarz olib ketaveradi. Akasi esa uni to‘lashga majbur.Savolim: Agar men o‘sha bolaning yolg‘onlarini bilib, akasidan pul so‘rayotgan vaqtda, do‘stimga o‘sha yolg‘onlar haqida habar bersam va unga pul bermasligini aytsam bu chaqimchilik emasmi? O‘zim, do‘stimga bo‘lgan bu zulmlarni ko‘rib, ukasiga muhabbatim so‘ngan va unga huddi quyudagi hikmatli so‘zdagi razil kimsalarga munosabatda bo‘lgandek qattiyat bilan munosabatda bo‘laman. (Yaxshi, omiy kishilarga muhabbat bilan, oddiy odamlarga rag‘bat hamda qo’rquvni aralashtirib munosabatda bo’l. Razil kimsalarni esa qo’rqitsang shu yaxshi ishing bo’ladi. (ANUSHERVON)) Qaysi bir ishim to‘g‘ri unga yumshoqlik bilan munosabatda bo‘laymi(lekin foydasi bo‘lmayapti) yoki qattiyat bilan? Bu hikmatli so‘zdagi RAZIL KIMSALARdan maqsaq nima? Allohim ilmingizni ziyoda, barokatli qilsin!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz do‘stingizga ukasiga umuman pul bermasligi kerakligini ayting. Axir u o‘sha pul bilan gunoh qilmoqda, pul bergan unga sherik bo‘ladi.
2 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 136 | Ruhiy tarbiya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz do‘stingizga ukasiga umuman pul bermasligi kerakligini ayting. Axir u o‘sha pul bilan gunoh qilmoqda, pul bergan unga sherik bo‘ladi.
2 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 136 | Ruhiy tarbiya