Sunnat to‘yi
Assalomu alaykum!Ustozlar Ollox sizlardan rozi bulsin.Xalkimizda sunnat tuyi degan marosim juda xam avjiga chikkan,unda isrof juda xam kup.Bu shariatda yuk deb maruza kilayatgan imomlar xam,tuylarni ixchamlashtirish uchun xarakat kilayatgan davlat xodimlari xam uzlariga kelganda baribir usha isrof darajasida tuy kilishayapti.Men endi bunaka tuy kilmochimasman.Xudoga shukur nabiramga akika marosimini kilib berdim.Endi 5-10ta uzbirlarni chakirib ular guvoxligida xatna kildimokchiman.Aytinglarchi endi men shunaka katta tuy kilmasam,shunday tuy kilganlar taklif kilishganda bormasam,urfdan,eldan chikib kolmaymanmi?Menga bu borada Shayx xazratlarining va sizlarning nasixatingiz kerak.Niyatim takvo kilish.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zingiz isrof qilmang, isrof joyidan qoching. Lekin halol taomni taqdim qilinsa, dasturxonda harom narsa bo‘lmasa, undan iste’mol qilishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar