Hadya

Assalomu alaykum! Men korxonada haydovchi bo‘lib ishlayman. Korxona dispetcheri xaydovchilarga yuk olib beradi. Dispetcherning oyligi kamligi sababli har 2-3 haftada o‘zimning yonimdan pul bersam bo‘ladimi. Unga bu pora emas, qo‘shimcha yordam, o‘rtamizdagi oldi-berdiga hech qanday tasir qilmasin deb tayinlab aytaman. O‘rtaga ikkimiz ham Allohni qo‘shamiz. Joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar bu pora bo‘lmay aynan hadyani niyat qilgan bo‘lsangiz o‘zingizni tanitmasdan, boshqa inson orqali berib yuborsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar