Oilamni saqlash uchun qasam ichgandim

Assalomu alaykum! Birga ishlaydigan qiz va ayollar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali suxbat qilib turardim (zino qilmaganman). Bir kun shu tufayli oilada janjal chiqib,  oilam buzilishigacha etib keldi. 3 farzandim va oilamni saqlab qolish uchun qasam ichdim. Qasamim shuki “agar yana shu axvol qaytarilsa javobing o‘zing bilan, bu safar ketma uyinga” dedim. Xotinim rozi bo‘ldi, oilam saqlanib qoldi. Savolim - men 2 xaftadan beri tanishlarimni ijtimoiy tarmoqlardagi salomiga alik olmayapman. Bir kun kelib yuz-ko‘z ko‘rishganda baribir gapirishim borku, qasamimni oxiri yomon oqibatga olib borishini xotinimga tushuntirdim. U qasamimni qaytarib olishimga rozi, qasamim va taloq masalasida echim topishda yordam bersangizlar. Chunki 3 taloq tushishga rozi emasman, bu men uchun o‘limdek. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq qasamdir, uni biror narsaga bog‘lagandan keyin qaytarib olib bo‘lmaydi. Taloqni biror shartga bog‘lansa va o‘sha qo‘ygan shart topilishi bilan taloq tushadi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar