Onamni hafa qilmaslik

Assalomu alaykum! Otamni 2 ta ayollari bor. Men va akam ikkinchi ayollaridan ko‘rgan farzandlarimiz. Gap shundaki, bizdan tashqari birinchi ayollaridan ko‘rgan farzandlari ham bor. Opam turmush qurgan 2 ta farzandi ham bor. Ukam 3- sinfda o‘qiydi. Ular bilan aloqa qilsam, onamga xabari etib keladi doim. Keyin xafa bo‘ladilar(onam gunohkor bo‘lmayaptilarmi?). Men ular bilan aloqa qilmasligim kerakmi? Yoki onamni aytganlariga kirmasligimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Onangiz gunohkor bo‘lmoqda. Zarurat bo‘lsa onangizni dilini og‘ritmasdan bildirmay gaplashinglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:10 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar