Savdodagi vakilga ulush ajratish

Assalomu alaykum! Men qurilish hom-ashyolarini rossiyadan import qilib sotaman(asosan taxta). Bozorda boshqalarga qaraganda birmuncha arzon sotganligim sababli ba’zi qurilish kompaniya yoki ularning vakillari menga 6 oylik yoki 1yillik taklif bilan kelishadi. U vakillarning taklifiga ko‘ra, ular mening mahsulotlarimni qurilish firmalariga reklama qilishadi va manzilimni berishadi. Men taklif etayotgan narxlar haridorlarga ham yoqsa 6 oy yoki 1yil yillik shartnoma tuzamiz. Meni taklif qilgan o‘rtadagi kishi uchun shu muddat davomida haridor oyma-oy qancha tovar olsa ularga ham oyma-oy ko‘rgan foydamdan ulush ajrataman. O‘rtadagi kishining ulushini haridorga sotadigan tovarim ustiga qo‘ymayman. Faqat o‘z foydamdan beraman. Ba’zi haridorlar bir necha yildan beri mendan oyma-oy hom-ashyo olishadi. Ularni menga dalolat qilgan o‘rtadagi kishi uchun ham o‘z foydamdan ajratib boraveraman. Ba’zi hamkasblarim bu ishingiz joiz emas, bir marta sizni dalolat qilgan kishiga oyma-oy pul ajratmang, bir marta mukofot bersangiz etadi deyishadi. Men oyma-oy berayotgan pulimni haridorning elkasiga yuklamayapman, aksincha o‘z foydam ulush qilib beryapman desam baribir noto‘g‘ri deyishdi. Muhtaram ustozlar, shu holatda ishlashim to‘g‘rimi? O‘zingiz aytgangizdek xizmat haqini mijozning zimmasiga yuklamasangiz bo‘ldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ixtiyoringiz. O‘zingiz aytgangizdek xizmat haqini mijozning zimmasiga yuklamasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 15:32 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar