Maslaxatiz kere juda muxim!

Assalomu alaykum! Ishlab turgan ishxonamdan 7 million miqdorda pulni ishxonadagilarga bilintirmay oldim, juda afsusdaman! Sababi bu bahona bo‘lolmaydi bilaman, lekin otam betob bo‘lib, operatsiyaga muhtoj bo‘lganlarida pul kerak bo‘ldi. Otam kechasi azobdan hattoki yig‘lab chiqardilar. O‘g‘il sifatida bunga chidolmadim. Hamma tanishlardan, qarindosh, do‘stlardan so‘radim, hech kim bermadi. Oxiri shu birovni haqqini olishga majbur bo‘ldim. Ishxonamizda yaqin kunlarda pereuchet bo‘ladigan. Qaytarishga yonimda 1 million pul bor atiga. Maoshimni yig‘sam 3 oycha ketadi. Emay, ichmay, uyga obormasam shundayam. Lekin to‘lash niyatim bor. 2 smenda ishlab pul to‘playapman, lekin ulgurmasam kerak. Nima maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Holingizni tezroq haq egasiga ayting. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar