Kafforat lozimmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, bugun (08.05.2019) saharlikda meni ikkilantirib qo‘ygan vaziyat bo‘ldi. Ko‘zimni ochib, telefonimga qarasam, soat 03:44 bo‘lgan ekan. Tezda kiyimimni kiyib, oshxonaga chiqdim. Taqvimda qarasam saharlikni vaqti 03:43 ekan. Shoshilibmi, uyqisirabmi, e’tiborsizlikdanmi, ilmsizlikdanmi, kosada turgan suvdan bir qultum ichib duoni qildimda, qaytib xonamga kirdim (saharlikni bir qultum suv bilan bo‘lsa ham qilib qo‘yay, deb shunday qildim). Telefonim soatiga qarasam saharlikdan 3-4 daqiqa o‘tibketgan ekan. Ro‘zam durust bo‘lmaganini chundim, ammo kunni oxirigacha tutdim. "Mo‘minning qalqoni" kitobida meni vaziyatimga yaqin ikkita savol-javob topdim. 1) Savol: Bilmay subhi sodiqdan keyin taomlansa, ro‘za durust bo‘laveradimi? Javob: Yo‘q, durust bo‘lmaydi. Ro‘za subhi sodiqdan quyosh botguncha Alloh taologa qurbat hosil qilish niyatida eb-ichish va jimo’ qilishni tark qilishdir. Kishi hali subhi sodiq kirmadi, degan o‘yda saharlik qilsayu, subhi sodiq kirib bo‘lgan bo‘lsa yoki quyosh botib bo‘ldi, degan xayolda iftorlik qilib yuborsayu, quyosh hali botmagan bo‘lsa, uning zimmasiga o‘sha kun ro‘zasining qazosi lozim bo‘ladi, kafforat emas. (63 bet) 2) Savol: Qaysi amallar ro‘zani buzib, qazo va kafforatni vojib qiladi? Javob: Biror shubha tufayli ro‘zani ochish. Agar quyosh botdi deb o‘ylab, iftorlik qilgan bo‘lsa, subhi sodiq kirmadi, deb eb-ichgan bo‘lsa, qazo lozim bo‘ladi, kafforat vojib bo‘lmaydi. (73-74 betlar) Meni o‘ylantirgan narsa shuki, ikkala savol-javobda ham "Kishi hali subhi sodiq kirmadi, degan o‘yda saharlik qilsayu..." va "subhi sodiq kirmadi, deb eb-ichgan bo‘lsa...", deb yozilgan. Ya’ni, aynan bilmasdan deyilgan. Men esa vaqtni ham, saharlik vaqtini ham bilganman. Yuqorida yozganimdek, shoshilibmi, uyqusirabmi, e’tiborsizlikdanmi, ilmsizlikdanmi, kosada turgan suvdan bir qultum ichib duoni qildim (saharlikni bir qultum suv bilan bo‘lsa ham qilib qo‘yay, deb shunday qildim). Men ushbu vaziyatda shu kunning ro‘zasini qazosini o‘zini tutamanmi yoki kafforat ham vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qazo tutasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 155 | Ro‘za
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qazo tutasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 155 | Ro‘za