Shu kvartirada birga yashashim joizmi?

Assalomu alaykum! Biz studentlar 7 kishi bir kvartirada turamiz. Oramizda rassomchilik bilan shug‘ullanadigan bola bor. Ba’zida odamlarni rasmini chizib berib pul ishlaydi. Biz shuncha bu ishing noto‘g‘ri degan bo‘lsak ham tushunmada buni menga Alloh bergan deb. Savolim shuki biz ovqatlanish uchun mahsulotlarga pul tashlaymiz va tabiiyki u bola ham surat chizuvchi pul tashlaydi. O‘shanda biz eydigan taom harom bo‘lib qolmaydimi? Va men bu erda qolib yashashim durustmi yoki bu kvartiradan chiqib ketishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odamdan boshqa narsa masalan tabiat yoki jonsiz narsalarni surati chizgandan olganini “shuni qo‘shasan” deb ovolinglar. Odam yoki jonli narsani chizganiga olgani ham qo‘shgani ham nojoiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar