Etimlar haqqi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kelin bo‘lgan xonadonda ikkta etimlar bor, erimni akalari vafot etgan, ovsinim va bolalari va yana boshqa akalari va uni oilasi va qaynonam, hammamizni ro‘zg‘orimiz bir. Yashash sharoitimiz o‘rtacha, men oilamizni ehson olishga munosib deb bilmayman, etimlarni ham kiyim kechak va ovqat bilan taminlay olamiz, men va qaynonamdan boshqa hamma pul topadi. Odamlar savob umidida, etimlar uchun tuhfalar va go‘shtlar, hatto butun ro‘zg‘orlik qilib tashlab ketishadi, bu menga yoqmaydi. "Bizdanda qiynalgan oilalar ko‘p, biz etimlarni o‘zimiz boqa olamiz, olmaylik, qiynalib qolganlarga tarqataylik yoki" desam, hamma bepisand. Qurbon hayiti kunlari, hatto ikkita muzlatgich go‘shtga to‘ladi, "bo‘ldi, shuncha go‘sht, tarqataylik qiynalganlarga, biz ehtiyojimzga yarasha olib boldik, endi go‘sh olib kelganlarga: "yo‘qsinlarga beringlar, bizda ko‘p" deb yuborila " desam quloq tutishmayapti. Go‘shlarni ishlatib ulgurmasimizdan sasiy boshlaydi, bu ishni qilishimizni hukmi nima, yani muhtoj emasligini yashirib, muhtojdek o‘zini ko‘rsatib, hadyalar olishni hukmi va bular menga halolmi? 2). Masalani yana bir tarafi, etimlarga deb mahalla un, guruch, shakar kabi narsalarni berishadi. Tabiiyki biz ulardan taomga ishlatamiz, uyda 10 kishi ovqat eydi bir qozondan. Albatta uyda etimlar bo‘lmasa bu narsalar kelmasdi, bu aniq etimlarniki. Sizga yo‘llagan savolimga "etimlar haqqini ajratib qo‘ying" debsizlar, endi ichim hijil. Men ularni haqqini qanday ajrataman qozonimiz bir bo‘lsa, qaynonam alohida ovqat qilishga qo‘ymasa, agar ularga kelgan narsalardan taom tayyorlab eyishga ovsinimdan ruhsat so‘rasam o‘rtaga sovuqchilik tushib qoladi, chunki hech kim "seniki meniki" qilmaydi oilamizda. Nima qilay? etimlarni haqqidan, ichimga do‘zax olovini eyishdan qo‘rqyapman. Qimmatli vaqtingizni ko‘p gaplar bilan olganim uchun mazur tutasiz, Alloh martabangizni ulug‘ qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Etimlarni savobidan o‘zlaringiz mahrum bo‘lib qolmanglar. Chunki ularni yuziga qarab o‘tirish ularni qaromog‘iga olish hisoblanmaydi. Shariatimizda etimlarni haqidan shunchalik eyishga ruxsat berilgan. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi: وَابْتَلُواْ الْيَتَامَى حَتَّىَ إِذَا بَلَغُواْ النِّكَاحَ فَإِنْ آنَسْتُم مِّنْهُمْ رُشْدًا فَادْفَعُواْ إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ وَلاَ تَأْكُلُوهَا إِسْرَافًا وَبِدَارًا أَن يَكْبَرُواْ وَمَن كَانَ غَنِيًّا فَلْيَسْتَعْفِفْ وَمَن كَانَ فَقِيرًا فَلْيَأْكُلْ بِالْمَعْرُوفِ فَإِذَا دَفَعْتُمْ إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ فَأَشْهِدُواْ عَلَيْهِمْ وَكَفَى بِاللّهِ حَسِيبًا 6. Etimlarni to nikoh(yoshi)ga etgunlaricha sinab turinglar. Agar ularda ongu idrok ko‘rsangiz, ularga o‘z mollarini qaytaring. U(mol)larni isrof qilib va (egalari) katta bo‘lib qolmasin deb, shoshilib, emang. Kim boy bo‘lsa, iffatini saqlasin. Kim kambag‘al bo‘lsa, ma’ruf ila esin. Mollarini o‘zlariga qaytarganingizda ularga guvohlar keltiring. Hisob qiluvchilikka Allohning O‘zi kifoya qilur.
Bu oyati karima etim balog‘atga etib, es-hushini taniganda, darhol unga molini topshirish zarurligini, ularning molini isrof qilmaslik, otaliqka olganlar tomonidan, «Bu balog‘atga etsa, molini qaytarib berishim kerak bo‘ladi», deb shoshilib, eb qo‘ymaslik, agar otaliqqa olgan odam boy bo‘lsa, etimning moli masalasida iffatli bo‘lish zarurligi, kambag‘al bo‘lsa, ma’lum chegarada eyishiga ruxsat borligi va etimga molini topshirayotganda guvohlar oldida topshirish kabi fiqhiy amallarni bayon qilmoqda.
«Etimlarni to nikoh(yoshi)ga etgunlaricha sinab turinglar».
Demak, otaliqqa olgan odam etim bola balog‘at yoshiga yaqinlashganda uni sinab, tekshirib va holatini sinchiklab kuzatib turishi lozim. Yosh bolalarning nikoh – balog‘at yoshiga etganini bilishning shariatda bayon qilingan alomatlari bor. Qiz bolalar hayz ko‘rsalar, balog‘atga etgan sanaladilar. O‘g‘il bolalarning balog‘atga etganining asosiy belgisi ehtilom bo‘lishidir. Ya’ni uyqusida bulg‘anishidir. Inson balog‘atga etishi bilan to‘la mas’uliyatli – mukallaf bo‘ladi, ya’ni shariat takliflarini amalga oshirishi lozim bo‘lgan shaxsga aylanadi. Shu kundan e’tiboran, o‘zi sodir qilgan ishlarga o‘zi javobgar bo‘ladi. Shu bilan birga, katta odamlarga berilgan huquqlardan foydalanishga, jumladan, o‘z molini o‘zi sarflash huquqiga ega bo‘ladi.
Ammo otaliqqa olganlar etim bolada balog‘atga etganlik alomati paydo bo‘lishi bilan darrov unga molni topshirib qo‘ymaydilar. Balki unda molni to‘g‘ri tasarruf qilish qobiliyati bormi, es-hushi joyidami, sinab ko‘rishlari lozim. Buni bilib olish unchalik qiyin emas. Bu borada har bir jamoaning o‘ziga yarasha tajribasi, alomat-belgilari bor. Qachonki etim bola balog‘atga etishi bilan unda molu mulk tasarrufida es-hush, qobiliyat borligi anglab etilsa, unga moli darhol topshiriladi. Bu narsa oyatdagi
«Agar ularda ongu-idrok ko‘rsangiz, ularga o‘z mollarini qaytaring», degan jumlada bayon qilingan.
Etimni otaliqqa olgan shaxs uning molini ham vaqtincha olib turadi. Ba’zi kishilar «Men etimni otaliqqa olganimdan keyin molini nima qilsam, o‘zim bilaman» deyishi yoki «Bu balog‘atga etsa, molini qaytarib berishim kerak ekan, undan ko‘ra u balog‘atga etguncha tezroq molini eb qo‘yay», deyishi mumkin. Alloh taolo bu oyatda shunday tasarruflardan qaytarib:
«U(mol)larni isrof qilib va (egalari) katta bo‘lib qolmasin deb, shoshilib, emang», – demoqda.
Demak, etimni otaliqqa olganlar uchun asosiy hukm – etimlarning molidan emaslik. Ammo otaliqqa oluvchilarning holi ham har xil bo‘ladi – ba’zilari boy, o‘ziga to‘q, boshqalari kambag‘al, muhtoj. Buni e’tiborga olib, oyatda boyga alohida, kambag‘alga alohida hukm bayon qilingan:
«Kim boy bo‘lsa, iffatini saqlasin. Kim kambag‘al bo‘lsa, ma’ruf ila esin».
Boy odam o‘ziga etarli moli bo‘lgani, hojati tushmagani uchun iffat qilib, o‘zini shubhali narsadan uzoq tutgani ma’qul. Etimlarni otaliqqa olgani, ularning mol-mulklarini saqlagani, parvarishlagani uchun ajru savobini oladi. Agar otaliqqa oluvchi shaxs kambag‘al bo‘lsa-chi? Unda parvarishdagi etimning molidan yaxshilik – to‘g‘rilik bilan foydalanishiga ruxsat bor. Bu narsa unga xizmati uchun haq o‘rnida o‘tadi. Buni quyidagi rivoyat ham tasdiqlaydi.
Imom Abu Dovud va imom Nasaiylar qilgan rivoyatda aytilishicha, bir kishi Nabiy alayhissalomning huzurlariga kelib:
– Qaramog‘imda bir etim bor. Uning moli bor, meniki yo‘q. Uning molidan esam bo‘ladimi? – deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
– Isrof qilmasdan, to‘g‘rilik bilan egin, – dedilar.
Imom Molik rivoyat qilishlaricha, bir sahrolik arab Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning oldilariga kelib:
– Qaramog‘imda etimlar bor. Ularning tuyalari bor, mening esa bittagina tuyam bor, xolos. Men o‘z tuyamning sutidan kambag‘allarga berib turaman. Etimlarning tuyalari sutidan menga nima halol bo‘ladi? – deb so‘radi. Abdulloh ibn Abbos:
– Agar yo‘qolganda topib kelsang, qo‘tiriga qarasang, hovuzini tuzatib tursang va ularni boqayotgan bo‘lsang, nasliga zarar keltirmay, sutidan ich. Ammo ularni sog‘ib olishingdan qaytaraman, – dedilar.
Shu ta’limotlardan kelib chiqib, otaliqqa olgan odam etimning molidan muhtoj bo‘lganda hojatini qoplaguncha esa bo‘ladi, deyiladi.
Oyatning so‘ngida yana bir nozik, zaruriy hukm bayon etilgan:
«Mollarini o‘zlariga qaytarganingizda ularga guvohlar keltiring».
Mol oldi-berdisi juda ham nozik ish. Unda birovning haqqiga xiyonat bo‘lishi ehtimoli kuchli. Shuning uchun ham Islomda bunday ishlarni hujjat-dalil bilan, adolatli guvohlar ishtirokida amalga oshirish ta’kidlanadi. Shunday qilinsa, birovning haqqiga xiyonat ehtimoli yo‘qoladi, biror kelishmovchilik chiqsa ham, guvohlar haqiqatni (adolatni) o‘rnatishda yordam beradilar.
Oyatning so‘ngida
«Hisob qiluvchilikka Allohning O‘zi kifoya qilur» jumlasining kelishi esa bu ishlarda doimo Allohdan qo‘rqib turish lozimligini uqdiradi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 189 | Halol va harom