Qaysi vaqt bo‘yicha ro‘za tutiladi

Assalomu alaykum! Yuk mashinasi haydovchisiman. Ramazon oyida ham doimiy rulda yuraman. Men davlatlararo qatnayman va davlatlarda tong otishi va botishi farq qiladi. Bunda masalan saharlikni Moskva vaqti bilan qilsamu, iftor vaqti Qozog‘istonda bo‘lsam va (yoki) aksincha, men qaysi vaqt bo‘yicha og‘iz ochishim kerak? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qaysi mintaqada bo‘lsangiz o‘sha erning taqvimi bilan saharlik qilasiz. Iftor vaqtida qaerda bo‘lsangiz o‘sha joyning vaqti bilan iftor qilasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:16 | Savol-javoblar | 153 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar