Tibbiyot sohasi
Assalamu alaykum! Biz tibbiyot sohasida MRT tamografiyasida lobarant bo‘lib ishlaymiz. Bizning vazifamiz kelgan be’morni apparatga yotqizib, so‘ragan a’zosini tekshirib berish. Bu erda ayol-erkak aralash keladi. Shu ayollarni tekshirishimiz joizmi? Gohida avrat joylari ochilib qoladi va ko‘zimiz tushib qolmoqda. Va yana bir masala bizga bemorlarni pul evaziga shifokorlar jo‘natishadi nechta bemor jo‘natishsa shuncha ko‘p pul ishlashadi. Bir xil shifokorlar kerakmas tekshiruvga ham jo‘natishmoqda. Bu ishlari bemorlarga zulm bo‘lib qolmayaptimi? Bizning maoshimiz ham be’morning ko‘pligiga bog‘liq. Bu topayotgan pulimizga harom yoki shubha aralashib qolmayaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ayollar uchun alohida hamshiralar qarasin, buni imkoniyati bor.
2). Ochiq-oydin zulm bo‘ladi. Bilib turib qatnashganingiz uchun siz ham javobgar bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 189 | Tabobat