Yongan uyda yashash hukmi

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan xayirli amallaringizni bardavom qilsin. Avvalgi  savolimga  javob berganingiz uchun rahmat. Sizlarga yana bir savol bilan murojat etishga  rusat bergaysizlar. Bir necha yil oldin men bir er sotib olgan edim.  U erga yaxshi niyat bilan uy qurib bitkazdim, Alhamdullilah. Endi bilsam u erni eski egasi uy ichida mast holida  yonib  ketgan ekan. Aslida men bunday narsalarga  uncha e’tibor  bermayman, lekin ayolim  bu uyda yashashga  qo‘rqyapti. Men unga bir necha bor tushintirdim, tushungandek bo‘ldi, lekin ko‘nglida  baribir biroz xiralik bor. Shunga sizlardan maslahat olib unga o‘qitmoqchiman. Bu uyda yashash mumkinmi  va ko‘chib chiqishdan  avval nimalar qilish kerak? Javobingiz  uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday narsalarga umuman parvo qilmaslik kerak. Xonadonning obodligi namoz, tilovati Qur’on va zikrlar bilan bo‘ladi. Ko‘chib chiqish uchun maxsus kun yoki biror marosim yo‘q. Xonadonda doimiy tarzda zikr va tilovati Qur’on bo‘lib tursa xayr bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 23:14 | Савол-жавоблар | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar