Nasiyaga mashina sotganda

Assalomu alaykum! Dadam nasiyaga mashina sotdilar. 14.000.000 ga mashinani olgan odam 4.000.000 ni berdi, qolgan 10.000.000 ni bir oyda berishiga va’dalashildi, olgan odam bir oyda berolmadi. Shundan keyin yana bir haftadan keyin beraman dedi, yana berolmasdan yana bir haftadan keyin beraman deb cho‘zilib ketganligi uchun 400.000 qo‘shib beraman, debdi. Ya’ni 10.400.000 qilib. Oldindan vaqti cho‘zilib ketsa qo‘shib berasan deyilmagan. Shuning uchun qo‘shimcha 400.000 olsalar halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qo‘shib beraman degani joiz emas. Olsa halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:20 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar