Opaning nikohi

Assalomu alaykum! Yoshim 23 da. Shu yili namoz o‘qib, shariat hukmlarini o‘rganyapman. 18 yoshda edim. Opam betob bo‘lgan edilar, shunga bellariga maz surtgandim. Lekin o‘shanda mazni surtayotganimda shahvat bor edi. 1. Agar shahvat bilan ona, opa va singilga teginsa nikohi abadiy harom bo‘lar ekan. Shu gap rostmi? 2. Men bu narsalarni bilmagan edim, bilganimda qilmas edim. Nima qilsam bo‘ladi? 3. Agar nikoh abadiy harom bo‘lsa, opam qayta nikohdan o‘tishlari kerakmi? 4. Bu narsalarni oila a’zolarimga, xususan opamga qanday aytishni bilmayman. Chunki uydagilarim sal Islomdan uzoqda. Nima qilsam bo‘ladi? 5. Shu gaplarni aytsam opamning oilasi buzilsa kim aybdor bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Rost.
2). Opangizni pochchangiz bilan nikohi buzilmaydi.  Siz tavba qiling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:20 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar