Chaqaloqni mashinada olib chiqish

Assalomu alaykum! Men yaqinda farzandli bo‘laman inshaalloh, otam bilan onam chaqaloqni qimmat baho mashinada olib chiqasan, olib chiqishini videoga tushirasan uyni xam bezatasan deb majburlashmoqda. Ota onamga nasihat qilsangiz. Meni gapimni olishmaydi baribir, bu ish isrofku, isrof xaromku, men o‘zimizni mashinada olib chiqaman desam qaysarli qilishmoqda. Qarindoshlar va tanishlar oldida nima degan odam bo‘lamiz deyishvotti?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri aytayapsiz ekan. Ota-onangizga gapi o‘tadigan odamlar orqali ayttiring. وَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «كُلُوا وَاشْرَبُوا وَالْبَسُوا وَتَصَدَّقُوا، فِي غَيْرِ إِسْرَافٍ وَلَا مَخِيلَةٍ». وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ: كُلْ مَا شِئْتَ، وَالْبَسْ مَا شِئْتَ، مَا أَخْطَأَتْكَ اثْنَتَانِ سَرَفٌ أَوْ مَخِيلَةٌ  Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Englar, ichinglar, kiyinglar va sadaqa qilinglar. Isrof va manmanlik bo‘lmasa bo‘ldi», dedilar».
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Ikki narsa – isrof va manmanlik qilmasang, istaganingcha e, istaganingcha kiy», degan. 
(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:14 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar