Bo‘ynimdagi qarzlar

Assalomu aleykum va raxmatullohu va barokotuh.Menga namoz farz bo‘lganidan beri namoz o‘qimaganman,ro‘zalarni ham tutmaganman.Yaqinda Olloh menga mo‘minlar qatoridan bo‘lishlikni nasib etdi.Namoz o‘qiy boshladim.Ro‘za ham tutdim.Endi sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim:1.Avvalgi qazo namozlarni har kun xuftondan so‘ng,Vitr namozidan oldin o‘qish kerakmi,yoki tun yarmida turib o‘qigan ma‘qulmi?Yoki har namozdan so‘ng,masalan bomdoddan so‘ng bomdod qazosi,peshindan so‘ng peshin qazosi va h.k. qilib o‘qisa ham bo‘ladimi?2.Tutmagan ro‘zalarimni qanday qazosini ado etay,har dushanba,payshanba kunlari tutsam bo‘ladimi?3.Ramazonda ro‘za tutib,buzib qo‘ysa tarofoti qanday bo‘lishini o‘qigandim.Lekin Payg‘ambarimiz s.a.v. ning sunnatlarini niyat qilib ro‘za tutsayu,noxostdan buzib qo‘ysa,uning tarofoti qanday bo‘ladi?To‘g‘ri yo‘lni topib olishimiz uchun Olloh sizday ilmlini yaratgani uchun behisob hamdu sanolar bo‘lsin.omin.Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Namoz o‘qish mumkin bo‘lmagan vaqtlardan boshqa barcha vaqtlarda qazo namoz o‘qiyversa bo‘ladi.2. O‘zingizning ishingiz. Imkoningizga qarab tutavering.3. Farz bo‘lmagan ro‘zani buzgan odam, o‘rniga boshqa bir kun tutadi.

27 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 136 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar