Otasini uylantirgan o‘g‘il

Assalomu alaykum! Tog‘amning ayoli o‘tib qoldilar oradan taxminan 3 oylar o‘tib tog‘amning o‘g‘li dadasini xech kimga indamay o‘ylantirib qo‘ydi. Vaxolanki tog‘am psixologik tarflama juda og‘ir axvolga tushib qolgan edilar. Endilikda qarindoshlar xattoki opa singillari xam qarshilik ko‘rsatib xattoki qarg‘ash darajasiga xam borishmoqda va natijada tog‘am va o‘g‘lini 2 taraf qarindoshlar xam ajratib qo‘yishmoqda. Ushbu masala bo‘yicha maslaxat berishingizni so‘rab qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Munosibini topib otasini uylab qo‘ygan bo‘lsa yomon ish qilmabdi. Tog‘angiz istaganiga nikohlanishga haqli. Qarindoshlarning bunga qarshilik ko‘rsatishga haqlari yo‘q. Vallohu a’lam!

15 Oktabr 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 272 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar