Qo‘yni ishirish

Assalomu alaykum! Qo‘yni so‘yib bo‘lgandan so‘ng, qassob qo‘yning terisini ishirayotganda (ishiruvchi moslama yo‘q bo‘lgan holatda) og‘iz bilan ishirishning hukmi haqida diniy manbalarda biror bir ko‘rsatma kelganmi? Shu haqida ma’lumot bersangiz. Savolni berishimizga sabab, ba’zilar qandaydir dalillarga asoslanib "Og‘iz bilan ishirish - harom" deb ham aytishyapti. Bu savolning javobi telegram kanalida ham qo‘yilsa ko‘pchilikka manfaatli bo‘lardi. Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Taomga puflamanglar” deb ko‘rsatma berganlar. Harom deyish to‘g‘ri emas. Agar harom bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Puflangan taomni to‘kib tashlash kerak” degan bo‘lar edilar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar