Avliyolarga atab
Javob: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf- Barakalloh! Tashakkur! Sizga Alloh taolo ko‘p mukofotlar bersin!Juma kuni ushbu ma’nodagi savolga javob berib, keyin juma namozga bordim. Namozdan keyin imom domla va masjid xodimlariga mazkur savolning ma’nosini aytdim. Imom va masjid xodimlari tushgan ehsonlarni o‘zlashtirib, hovli qurib, avtoulovlar olishar ekan degan savol keldi, dedim. Shunda mutavalli quyidagilarni aytdi: “Uyi yo‘q, ijarda o‘tirgan imomlarni kim gapiradi!? Avtoulovi yo‘q chiptaga pul so‘rab yurgan imomlarni kim gapiradi?! Bizga berilgan har bir so‘m uchun to‘lov qog‘ozi yozib, bergan odamning qo‘liga tutqazamiz. Agar buni qilmasak, baloga qolamiz. Tushgan pullarni ma’lum qismini diniy idoraga o‘tqazamiz. Masjid atrofidagi yordamga muhtojlarga imkoni boricha yordam beramiz.Avvallari imom bilan masjid qavmi orasida shartnomalar tuzilgan. Imom qavmning diniy xizmatini qiladi. Qavm imom va uning oilasini turar joy, oziq ovqat va boshqa ehtiyojlarini ta’minlaydi. Hatto o‘tinni yorib beradi va hokazolar. Hozir esa, bir kunlik xarajatni qoplaydigan mablag‘ni oylik deyilmoqda va imom eb ketdi deb jar solinmoqda.O‘tgan davrlarda xalqimiz o‘zi emay ulamolarga edirgan, o‘zi kiymay ulamolarga kiydirgan, o‘z hayotini xavfga solib ulamolarni himoya qilgan. Bugungi kunga kelib, ba’zi odamlar olimlarni, imomlarni mazammat qilishga o‘tdilar. Ularga nisbatan noloyiq muomala va to‘hmatlar qilishga o‘tdilar. Bu ishda ular nomusulmonlardan o‘rnak olishayotgan bo‘lsalar, ajab emas.Ammo ushbu maktubni yozgan aziz birodarimiz kabi haqiqatni tushunadiganlar ko‘p, alhamdulillahi! Shu bilan birga boshqalarga ham bildirib turishimiz kerak, beodoblarni odobga chaqirib turishimiz kerak.Marhamat qilib, bu borada fikr va mulohazalaringizni ushbu saytga yozishingizni so‘rayman! “Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoe qilmas!”Kamoli ehtirom ila Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Assalomu alaykum Hazrat!Avvalo mazkur hozirgi kunimizda o‘ta dolzarb bo‘lib turgan savolga eng muhim javobni berganingiz uchun tashakkurlarimizni izhor qilmoqchimiz.. Turli masjidlarga tushayotkan pul, mablag‘larni ohiri nima bo‘larkin, kimga topshirilarkin degan biz namozhonlar orasida ham tan olish kerak gap-so‘z shubha-gumon bo‘lib turadi. Johillarni gapi hammaga ma’lum...Domlani aytganini qilu qilganini qilma deb maqolni ham o‘zgartirib hamma mag‘zavalarni imomlarga ag‘darishadi. Maqolni asli "Tabibni aytganini qil ammo qilganini qilma" deb adabiyotlarda o‘qiganmiz... Ammo bu masalaga chuqur to‘xtalmoqchi emasman.. Anchadan beri sizga bir muammo haqida savol so‘rayman deb ko‘nglimga tugib qo‘ygandim. Fursati kelibdi inshoOlloh yuqorida berilgan savol sabab men ham sizni bir oz vaqtingizni olmoqchiman...Buning uchun faqir hodimingizni nuqsonli hisoblab beadabligim uchun uzr so‘rab qolaman. Hazrat, men ko‘p va har-hil masjidlarda 5 vaqt namozni jamoat bilan o‘qishga ihlos qo‘yganman. Bu ham sizning Hadis va Hayot sil-silasining 6 juzi kitobi sabab bo‘lsa kerak... Turli masjidlarda o‘zgacha kayfiyat hukmronlik qiladi. Bu ham masjid ahlining qandayligiga bog‘liq bo‘lsa kerak... Peshin, asr namozlarini ko‘pincha Zangiota ziyoratgohidagi masjidda o‘qib turaman. Meni bir narsa doim ajablantiradi. Ziyoratgohga ko‘plab ziyoratchilar tashfirf buyuradi. Ular orasida namoz o‘qiyidigani ham, o‘qimaydigani ham, boshida hijobi bori ham hijobi yo‘g‘i ham kelib ketadi... Meni ajablanishimga sabab ziyoratgoh atrofida sotuvchi ayollar qo‘lida oq ro‘mol. Ular ziyoratchilarga qarab: "Shuni oling Zangi buvamga atab tashlaysiz niyatingizni izhor qilasiz ijobat bo‘ladi"... Bu masjid oldida bo‘layotgan ish. Oq ro‘mol sotib shirkka targ‘ib qilayotgan ayollar hijobsiz kelayotgan xotin-halaj, qiz-juvonlarga pand nasihat qilib masjidda nomhram erkaklar oldida boshlariga ro‘mol tashlashni o‘rgatsalar bo‘lardi. Kuni kecha Asr namoziga borgan edim. Bir semiz qo‘yga ko‘zim tushib qoldi. Masjid hovlisiga shundoqqina bog‘lanib qo‘yilgan. Bildimki bu qo‘y qurbonlika atab olib kelingan. Egasini topdimda nima uchun aynan ziyoratgoh ichida qurbonlik qilmoqchisiz deb so‘radim..."Zangi buvamga uchun atab qo‘ygandim, ishlarim yurishmay qoldi..." deb javob berdi.. Baholi qudrat qo‘limdan kelgancha yaxshi so‘z bilan bu ish qattiq qoralanganligi o‘ta og‘ir gunoh ish ekanligini savob qilaman deb bo‘yningizga bu erdan ikki hissa bo‘lib gunoh ortirrib chiqib ketishingiz mumkin, qo‘yingizni bu erda emas oila a’zolari bilan birga holis Alloh uchun qilsangiz kifoya deb bu ishdan qaytardim. Undan oldin yana bitta ziyoratchi tovuq qurbonlik qilaman deb ziyoratgohga kirib ketayotkan ekan. Uni ham qaytarishga harakat qildim... Afsuski har kuni bu ishdan qaytarishga imkonim yo‘q. Imkon bo‘lsada atrofda har -hil odamlar. Biron vaz-nasihat qilsangiz ensasini qotiradi yoki "vahhobiymisan" degan gumonga boradi. Hozirgi sharoit o‘zizngizga ma’lum. Meni hayron qoldirayotkan jihat shundaki masjid mutassidilari, qorilar, mutavalli va bosh imom ziyorat odobi haqida qayg‘urmayotkanliklari sabab bo‘lmoqda. Tashqaridan kiraverishda bir necha nusxada qog‘ozga yozib qo‘yishsa va bir odamni o‘sha erga vakil qilib mazkur hunuk ishlar qaytaradigan qilib qo‘yishsa nur ustiga alo nur bo‘lardi. Qayg‘urganlarida bunday ishni oldi olinayotkani oz moz bo‘lsada sezilardi. Hazrat sizni qimmatli vaqtingizni olayotkanim uchun takror va takror uzr so‘rayman. Bu talabimni va arzimni bo‘xton qilish, yomonlash, ig‘vo tarqatish emas balki bunday narsalarga befarq bo‘lishga vijdonim yo‘l qo‘ymaganidan sizga maktub yo‘llashga majbur bo‘layotirman. Masjid tashqarisida uchta katta katta ehson qutilari o‘rnatilgan. Uchta ehson qutisiga uchta odamni qorovul qilib ehsonga kelganlarni duo va hayr tilab qo‘llaridagi pullarni yig‘iladigan qilib qo‘yishgan. Endi qarang. Duo qiluvchi og‘zidagi nosi bilan uni duosi qabul bo‘ladimi? Duoning odobi qaerga ketdi? Qilayotgan duosini eshitsangiz odamni iymoni sapchib ketadi: "Zangi buvamning ruhi sizlarni qo‘llasin"... va boshqa shirk duolar...Yana qo‘shimchasiga "Zangi buvamni qabriga borib o‘zingizni qoqib tashlasalaring gunohdan forig‘ bo‘lasizlar" kabi har hil bo‘lar bo‘lmas maslahtlar. Juma kuni imom vaz o‘qiyapti, jumaga shoshilib ketyapman. Azon aytilyaptiyu ko‘chadagi "duochi"lar hamon issiq joylaridan qimirlamay "ehsonchi"larni kutish bilan ovoralar. Bunga ham befarq bo‘la olmadim: "Otahon, sizga juma farz emasmi? Jumaga azon aytilyaptiku" dedim... Bu savolga na javob berdi na bir harakat. Buni o‘rniga qattiq qovog‘ini o‘yib jahl qilib bergani qoldi, holos. Endi shularni barchasinidan habardor imom va mulla akalarimiz nahotki shunday ishlardan habarlari bo‘lmasa? Nahotki qaytarishmasa? Imomga bu haqda bir oz bildirish bersam, aytib qo‘ysam bo‘ladiku lekin yoshimiz kichikligi bois ularga aql o‘rgatishdan tiyildim tog‘rirog‘i har hil odam bo‘lganligi uchun hozirgi sharoitni hisobga olib bir so‘z aytishdan o‘zimni tiyib yuribman. Yig‘ilgan ehsonlarni masjid hisob raqamiga topshirishlarni ko‘zi ko‘r odam ham biladi. Bunga shak-shubha gumonimiz yo‘q. Ammo mazkur mulla akalarimizninga agarda bu holdan habarlari bo‘lmasa ubu yoshi katta Yurtimiz Diniy ishlari qo‘mitasi vakillari bir shug‘ullanib tekshiruv qilishsa. Ular bir oz bo‘lasada bunday masalalarga jiddiy yondoshib ko‘rishsa, imomlarga ko‘rsatma berishsa va siz muhtaram ustoz shayx Hazratlari ham ularga pand-nasihat qilsangiz inshoOlloh yaxshi bo‘ladi. Sizga maktub yo‘llab ko‘p beadablik qilganim uchun sizdan kechirim so‘rayman. Gunohimni kechirishini so‘rab Allohdan so‘rab qolaman. Sizning muhlisingiz Muhammad Ayyub! Tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tashakkur! Mulohaza va takliflaringizga qo‘shilaman. Imkoni bo‘lsa, maktubngizni kerakli joyga yuborishga harakat ham qilamiz.
30 Aprel 2022, 20:47 | Savol-javoblar | 185 | Boshqa ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tashakkur! Mulohaza va takliflaringizga qo‘shilaman. Imkoni bo‘lsa, maktubngizni kerakli joyga yuborishga harakat ham qilamiz.
30 Aprel 2022, 20:47 | Savol-javoblar | 185 | Boshqa ibodatlar