Amri maruf va naxiy munkar
Assalomu alaykum! Marhum Hazratimiz Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning “Mo‘minning me’roji” - mufassal namoz kitobida 40 farz haqida yozilgan ekan. Bu kitobdan amri ma’ruf va naxiy munkar ham farz ekanligini yana bir bor tushunib oldim. Ushbu savollar bo‘limida ham Shayh rohimahulloh uch marta aytish kerak degan ekan, ya’ni amri ma’ruf va naxiy munkarni. Bundan inson atrofidagi yaqinlariga uch marta amri ma’ruf va naxiy munkar qilishi bilan shu farz bo‘ynidan soqit bo‘lishini tushunsak bo‘ladimi? Yoki bu ishni faqat yaqinlar emas xamkasblarga ham qilish kerakmi? Gap shundaki, men ishlayotgan joyda mendan boshqa hech kim dinni o‘ylab ko‘rish ko‘chasiga ham kirib ko‘rishmaydi. Bir biriga laqab qo‘yadi, bir birini behurmat qiladi, fahsh so‘zlarni ishlatishini gapirmasam ham bo‘ladi! Nahot inson o‘zini dinini o‘ylamasa ham, o‘z yurtini obro‘sini o‘ylamasa O‘zbek degan nomni qandaydir Allohga shirk keltiruvchi qavmlarni oldida erga urishi o‘ziga zarar keltirsa keltiradi foyda keltirmaydiku. Allohga shukr Qur’oni Karimdan tinglashni yoqtiraman va ko‘p vaqtda shu insonlarni ovozini ham eshitmay deb naushnikni echmayman, ba’zan qulog‘im og‘rib ketyapti. Shu insonlarga xam nimadur deyishim dinim oldidagi burchimmi? Ba’zida ba’zi birlari har kimni o‘z oyog‘idan osadi deyishadi. Bu insonlarga nima desam bo‘ladi? Iloji bo‘lsa shu masalada Shayh hazratlarini qaysi kitoblarida to‘xtalib o‘tilganini aytsangiz o‘qir edik. Javob uchun ming tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz dinga shunday bir amal qilinki Alloh sizga yoqimli xulq, ta’sirli so‘z, mustajob duo, insonlar hidoyatiga sababchi bo‘lishni ato qilsin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 160 | Boshqa ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz dinga shunday bir amal qilinki Alloh sizga yoqimli xulq, ta’sirli so‘z, mustajob duo, insonlar hidoyatiga sababchi bo‘lishni ato qilsin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 160 | Boshqa ibodatlar